Kardiologiyaga xush kelibsiz
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot
markazi
Farg'ona viloyati mintaqaviy filiali
Nima uchun aynan Kardiologiya markazi
Kardiologiya — inson hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Yurak kasalliklari eng keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi.Har bir urayotgan yurak — bir inson taqdiri degani. Shifokor sifatida yuraklarni davolash — eng oliy burchim deb bilaman.
Yurak sukunatdagi hayotdir
U har zarbasi bilan yashashni davom ettiradi, tanaga qon emas, umid yuboradi.
Yurak hamisha ishlaydi to‘xtamasdan, shikoyatsiz.
Stress, charchoq, notog‘ri ovqatlanish — hammasi jimjit yurakni sekin asta ezadi.
Ortiqcha yuk, stress, beparvolik asta-sekin yurakni yemiradi.
Shifokorlar qutqaradi, lekin yurak hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi.
Biz haqimizda
Barcha turdagi yurakda o’tkaziladigan yuqori texnologik operatsiyalar, intervension kardiologik operasiyalar- yurak toj tomirlarini va uyqu arteriyalarini stentlash, yurak klapanlarini tomir orqali almashtirish, yurak tug’ma nuqsonlarini kesmasdan bartaraf etish, yurakni angiografik tekshiruvlar, aortaning stentgraft yordamida protezlash amaliyotlari, bo’lmachalar aro defektni yopish amaliyotlari, yurakga kardiostimulyator o’rnatish amaliyotlari.
-
Yurak — tinimsiz mehnat qiladi, hech qanday shartlarsiz.
U sizdan hech narsa so‘ramaydi, lekin har narsani beradi: hayot, quvvat, davom.
-
Yurak og‘riqlarini yashiradi — jim, ammo chuqur.
Ba’zan og‘riq ko‘rinmaydi, faqat charchoq, faqat yurishdagi og‘irlik.
-
Yurak har kuni mehnat qiladi — sokin, sadoqat bilan.
Ba’zan esa charchaydi, og‘riydi, lekin bu og‘riq hamisha sezilmaydi.
Doctors
Departments
Laboratoriya xizmatlari
Awards
Kardiologiya
Yuragingizga g‘amxo‘rlik bizdan boshlanadi
Zamonaviy davo – yuragingizga ishonch!
Eng yangi texnologiyalar, tajribali kardiologlar va shaxsiy yondashuv orqali sog‘lom hayot sari ishonchli qadam qo‘ying.
Tajribali va professial jamoa!
Markazda 179 nafar hodim faoliyat yuritadi, ulardan: vrachlar – 35 nafar o`rta tibbiy hodimlar – 69 nafar kichik tibbiy hodimlar – 62 nafar; boshqa hodimlar – 13 nafar. Ulardan bosh shifokor K.X.Raxmonov tibbiyot fanlari doktori, 3 nafari tibbiyot fanlari nomzodi.
O`tkir coronar sindromi holatida birinchi yordam
Markazdada Oʻtkir Coronar Sindromi (OʻKS) infarkt kasalliklarining oʻtkir bosqichida koronagrafiya va stentlash amaliyotining yoʻlga qoʻyilgan.
Zamonaviy tibbiyot texnalogiyalari
Markazda dunyo standartlariga javob beruvchi so'ngi tibbiyot texnalogiyalaridan foydalaniladi, 1 mlrdga yaqin mablag' evaziga xarid qilingan tibbiy jihozlar mavjud
Sug‘urta asosida bepul davolash
2025-yilda prezident qarori asosida 350 dan ortiq bemor sug‘urta orqali bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ldi
Bo'limlar
Bo`limlar haqida ma`lumotlar
1-kardiologiya bo`limi
1-kardiologiya bo‘limi yurak va qon-tomir kasalliklarini aniqlash va davolashga ixtisoslashgan. Bu yerda zamonaviy uskunalar va malakali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi.
1-kardiologiya bo‘limi yurak va qon tomir kasalliklarini aniqlash, davolash hamda oldini olish bilan shug‘ullanadi. Bu bo‘limda zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida bemorlar tekshiriladi. Shifokorlar yurak faoliyatini baholab, kerakli muolajalarni tavsiya etadilar. Bo‘limda malakali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi.
2-kardiologiya bo‘limi
Bo‘limda tajribali shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir tizimi holati muntazam kuzatib boriladi. Bemorlarga hayot tarzini o‘zgartirish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Erta tashxis va to‘g‘ri davolash gipertoniyaning og‘ir asoratlarining oldini oladi.
Kardiojarrohlik bo`limi
Intervension kardiologiya — yurak va qon tomir kasalliklarini jarrohliksiz, maxsus uskunalar orqali davolovchi yo‘nalishdir. Bu bo‘limda koronar angiografiya, stent qo‘yish, ballon kengaytirish (angioplastika) kabi muolajalar amalga oshiriladi.
Jarrohlik qilinmasdan yurak qon tomirlariga kirish kateter orqali amalga oshiriladi. Intervension muolajalar bemor uchun tezroq sog‘ayish, kam xavf va qisqa muddatli kasalxona yotqizuvini ta’minlaydi. Bo‘lim zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydi va yurak xurujining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Kardioreanimatsiya bo`limi
Kardioreanimatsiya bo‘limi — yurak faoliyati to‘xtashi yoki og‘ir yurak kasalliklari tufayli hayoti xavf ostida qolgan bemorlarga tezkor va intensiv yordam ko‘rsatadigan muhim tibbiy bo‘limdir.
Yurak urishi to‘xtaganda reanimatsiya (CPR) o'tkazish O‘tkir yurak xurujlarida tez yordam ko‘rsatish Nafas ololmayotgan bemorlarga sun’iy nafas va kislorod berish Yurak ritmini tiklash (defibrillyatsiya) Yurak ishini doimiy nazorat qilish (monitoring)
Intervatsion kardiologiya va angiografiya bo`limi
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan filialimiz uchun zamonaviy va barcha talablarga javob beradigan 200 qatnovli maslaxat poliklinikasi qurib bitkazildi va viloyat aholisiga beminnat hizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Markaz poliklinikasiga 2025-yil jami ambulator qatnovlar soni 38 531 ta. Bundan 4 400 ta imtiyozli, 34 131 ta pullik hizmat ko`rsatildi
Maslahat poliklinikasi bo`limi
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan filialimiz uchun zamonaviy va barcha talablarga javob beradigan 200 qatnovli maslaxat poliklinikasi qurib bitkazildi va viloyat aholisiga beminnat hizmat ko‘rsatib kelmoqda. Markaz poliklinikasiga 2025-yil jami ambulator qatnovlar soni 38 531 ta. Bundan 4 400 ta imtiyozli, 34 131 ta pullik hizmat ko`rsatildi
Mamuriyat
Bu yerda oliy toifali cardiologlar haqida qisqacha
RAXMONOV KOMOLIDDIN XAYDAROVICH
Bosh shifokorOliy toifali kardiojarroh. Tibbiyot fanlari doktori
Ermetova Adolat Mashoribovna
Bo`lim mudirasiOliy toifali anesteziolog, reanimatolog, cardiolog.Tibbiyot fanlari nomzodi
Musin Djanibek Yerikovich
KardiojarrohOliy toifali kardiojarroh
Juginisov Dauletbay Sharibayevich
KardiojarrohOliy toifali kardiojarroh
Bizning shifokorlar
Markaz shifokorlari
Yangiliklar
Biz haqimizdagi yangiliklar
Eng ko`p so`raladigan savollar
Bu yerda sizni qiziqtirgan dolzarb savollar va ularning javoblari
Yurak og‘rig‘i nimadan bo‘lishi mumkin?
Yurak og‘rig‘i yurak ishemik kasalligi, angina pektoris, infarkt, stress, yuqori qon bosimi yoki hatto o‘pka va ko‘krak mushaklari bilan bog‘liq sabablardan kelib chiqishi mumkin. Aniq sababni aniqlash uchun EKG, qon tahlili va yurak tekshiruvlari zarur.
Yurak urishi tezlashib ketayotganini sezsam, xavotir olishim kerakmi?
Har doim emas. Jismoniy harakat, stress, kofein yoki xavotir yurak urishini tezlashtirishi mumkin. Ammo bu tez-tez takrorlansa yoki bosh aylanish, hushdan ketish bilan bo‘lsa — shifokorga murojaat qilish zarur.
Yurak xuruji (infarkt) belgilari qanday?
Ko‘krakda og‘riq yoki bosim Chap qo‘l, bo‘yinga yoki jag‘ga og‘riq tarqalishi Nafas qisishi Sovuq ter Ko‘ngil aynishi Bu belgilar bo‘lsa, zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak!
Qanday qilib yurak kasalliklaridan saqlanish mumkin?
To‘g‘ri ovqatlanish. Doimiy jismoniy faollik. Stressni kamaytirish. Chekish va spirtli ichimliklardan voz kechish. Qon bosimi va xolesterinni nazorat qilish
Yurak uchun eng foydali ovqatlar nimalar?
Baliq (omega-3 ga boy). Yashil sabzavotlar (ismaloq, brokkoli) Yong‘oqlar Qulupnay, ko‘katlar Zaytun yog‘i va suli mahsulotlari
Qachon kardiologga murojaat qilish kerak?
Nafas qisishi, yurak urishi tezlashuvi, ko‘krakda og‘riq, charchoq, yuqori qon bosimi bo‘lsa — darhol kardiologga murojaat qiling.
Kardiologiya markazi
Viloyat kardiologiya markazi 1987-yilda tashkil topgan. 2020-yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi
bilan «Mintaqaviy filial» statusini oldi. 2023-yil iyul oyidan
endovaskulyar va kardiojarroxlik boʻlimlari o`z faoliyatini
boshlagan.
Rasmlar
Bizning ishlarimizning qisqa fotoalbomlari
Aloqa
Siz biz bilan quyidagi manzilda uchrashishingiz mumkin:
Manzil
Ферганская область, Ферганский район, город Миндонабад, улица Мустакиллик Шукронаси, дом 134‑A.
Мобильная связь
+998 55 811 82 74
cardiofergana@gmail.com